Belaruslik sportchi mamlakatga qaytmoqchi emas. U siyosiy boshpana so‘ramoqda

Sport

image

Belarus Respublikasi nomidan Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan Kristina Timanovskaya o‘ziga nisbatan bo‘ladigan bosimlar sababli. Mamlakatga qaytmoqchi emas va uning turmush o‘rtog‘i allaqachon Belarusni tark etib, Kiyev shahriga jo‘nab ketgan. Bu haqda “Sports.ru”  nashri ma’lum qildi. 

Gap shundaki, avvalroq Timanovskaya Belarus sport amaldorlarini tanqid qilgan. Buning sababini esa bir nechta kuchli sportchilar rahbarlarning xatolari tufayli Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmagani bilan izohlagan.

Shundan so‘ng, sportchini Yaponiyadan majburan olib ketishgan. Belarus yengil atletika terma jamoasi murabbiylar shtabi Kristina Timanovskaya Tokio Olimpiadasida ishtirok etmasligini ma’lum qilishgan. 200 metrlik saralash poygalari va 4x400 metrli estafetada qatnashish uchun topshirilgan arizalar qaytarib olingan. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, sportchi “hissiy va psixologik holati” yaxshi emasligi uchun musobaqani tark etgan.

Timanovskayaning ta’kidlashicha, shifokorlar uni tekshirmagan. Sportchi Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini uni tushunishga chaqirdi. 

“Men XOQdan yordam so‘rayman, menga bosim o‘tkazildi va ular mening roziligimsiz Yaponiyadan olib chiqmoqchi bo‘lishdi. Men XOQdan bu masalaga aralashishni so‘rayman. Men Belarusda qamoqqa tushishdan qo‘rqaman, o‘z xavfsizligimdan xavotirdaman”, deya yozgan Timanovskaya.

XOQning xabariga ko‘ra, Timanovskaya politsiyaga murojaat qilgan va aeroport mehmonxonasida tunagan.
Ma’lumot o‘rnida, Timanovskayaning o‘ziga Yevropaning bir qancha davlatlari siyosiy boshpana taklif qilgan. Fransiya tashqi ishlar vazirligi Timanovskayaga siyosiy qochqinlik maqomini berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

 Shuningdek, joriy yilning 29 iyul kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko sportchi va murabbiylarni tanqid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Engil atletika Belarus' Kristina Timanovskaya Siyosiy boshpana Siyosiy bosim

Baholaganlar

48

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing