Belarusdan 150 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Jamiyat
−
10 may 2020
11402Belarus poytaxti Minskdan 150 nafar O‘zbekiston fuqarosi maxsus charter reys orqali Toshkentga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Belarusdagi vakili Abrorjon Rahmonov ma’lum qildi.
Assotsiatsiya matbuot kotibining xabar berishicha, 10 may kuni Uzbekistan Airways tomonidan Toshkent–Dehli–Toshkent havo yo‘nalishi orqali charter reys tashkil etiladi. Shuningdek, 10 may kuni Toshkent–Seul–Toshkent yo‘nalishida charter reys qo‘yilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonga qayta olmagan va hozirda qiyin ahvolda qolgan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.
LiveBarchasi