Belarusdagi namoyishlar MDH davlatlari uchun dars bo‘ldi – Lukashenko
Olam
−
29 yanvar 2021
5381Belarusdagi norozilik namoyishlaridan so‘ng, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari xavfsizlik masalalariga jiddiyroq yondosha boshladi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 29 yanvar kuni talaba yoshlar bilan uchrashuvda gapirdi.
“Belarusdan keyin MDH mamlakatlari xafsizlik masalasida sustkashlik qilmayapti. Nega? Belarus istilosining o‘ziga xos xususiyati juda kuchli davlatga zarba berilishi bilan bog‘liq edi. Bu sinov edi: agar bu usul Belarusda o‘tib ketgan-da, demak u boshqasida ham qo‘l kelar edi”, deydi Lukashenko.
Unga ko‘ra, Belarusda Armaniston yoki Ukrainada bo‘lgani kabi rangli inqiloblar uchun asos yo‘q.
“1941 yildagi kabi tramplin singari Rossiyaga hujumga o‘tish uchun Belarusda blitskrigni (nemischa so‘z: “chaqmoq urushi” – tahr.) amalga oshirmoqchi bo‘lishdi. Bu yerda ularni to‘xtatmasang, Rossiyaga kirib ham borishadi, faqat zamonaviy usulda – ijtimoiy tarmoqlar orqali”, deydi Belarus rahbari.
Lukashenko MDH mamlakatlari jahon siyosatining yirik o‘yinchilari manfaatlari zonasida ekaniga e’tibor qaratgan.
“Biz Qo‘shma Shtatlar va umuman Yevropa Ittifoqining manfaatlari zonasidamiz. Bizning manfaatlarimiz hisobga olinmaydigan urush maydonida paydo bo‘lib qolishdan Xudoning o‘zi asrasin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu mavzuni Rossiya va boshqa Sobiq Sovet davlatlari aynan shu tarzda tushunishmoqda va hech kim bo‘shashmayapti”, deya ta’kidladi Prezident.
Rossiyadagi voqealarni Lukashenko “ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq”, deb atadi.
“Bu boshlanishi, ular asta-sekin tebranadi va jarayonlar ommaviy avj oladi”, deydi Lukashenko.
LiveBarchasi