Belarusda yakshanba namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda
Olam
−
13 dekabr 2020
3969Minsk va Belarusning boshqa shaharlarida bugun, 13 dekabr, yakshanba kuni Prezident saylovlari natijalari va namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonliklarga qarshi ruxsatsiz namoyishlar boshlandi. Bu haqda “Tut.by” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Minskning ayrim tumanlarida bir guruh odamlar ko‘chaga oq-qizil-oq bayroqlar bilan chiqishgan. Avvalroq norozilik harakatlari bugun, 13 dekabr soat 12:00 da boshlanishi haqida xabar berilgan.
Nashrning yozishicha, norozilik harakatlari davom eyapti. Namoyishchilar bayroqlarni ko‘tarib, “yashasin Belarus”, deya ko‘chalarda shovqin solmoqda. Shuningdek, poytaxtda tushdan keyin Hukumat tarafdorlari mitingi boshlangan. Unda davlat ramzlari bo‘lgan mashinalar shahar markaziga qarab harakatlangan.
Minskdan tashqari, namoyishchilar Zaslavl, Grodno va boshqa shaharlarda ko‘chalarga chiqmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo belaruslar bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.
LiveBarchasi