Belarusda prezidentlik saylovlari qachon bo‘lishi e’lon qilindi

Olam

image

Belarus parlamentining quyi palatasi navbatdagi prezidentlik saylovlari sanasi haqida qaror qabul qildi. Saylov 2025 yilning 26 yanvarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BelTA xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenkoning aytishicha, komissiya saylov kampaniyasi boshlanishiga hozirdanoq tayyor. Belarusda davlat rahbari 5 yil muddatga saylanadi.

2022 yilgi referendumdan so‘ng mamlakat prezidentlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirdi. Shunday qilib, endi davlatning eng yuqori lavozimiga faqat Belarusda tug‘ilgan, kamida 40 yoshga to‘lgan fuqarolar va saylovdan oldin kamida 20 yil davomida Belorusda doimiy yashovchi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin.

Respublikada so‘nggi saylovlar 2020 yil 9 avgustda bo‘lib o‘tdi. Belarus Markaziy saylov komissiyasi 80,1% ovoz bilan Aleksandr Lukashenkoni g‘olib deb topdi. Uning raqibi Svetlana Tixanovskaya rasman 10% to‘pladi. Saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin mamlakatda bir necha kun davomida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tixanovskaya mamlakatni tark etgan va unga qarshi bir necha jinoiy ish ochilgan.

Lukashenko 1994 yildan beri – ketma-ket olti muddat shu lavozimda qolmoqda. Joriy yilning fevral oyida u yana o‘z nomzodini qo‘yish rejalari haqida gapirdi, biroq avgust oyida u fuqarolarni mamlakatda yangi rahbar bo‘lishiga “ko‘nikishga” chaqirdi. Shu bilan birga, u belaruslarni "ertaga yoki indinga" tashlab ketmasligini ta’kidladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' prezidentlik saylovlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing