Belarusda Prezident saylovi boshlandi

Olam

image

Bugun, 9 avgust kuni Belarus Respublikasida navbatdagi Prezident saylovi start oldi. Bu SSSR tarkibidan ajralib chiqqan Belarus tarixidagi oltinchi prezidentlik saylovi. 

Saylov uchastkalari soat 08:00 da ochiladi va soat 20:00 gacha ishlaydi. So‘ngra ovozlarni hisoblash boshlanadi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini dushanba kuni ertalab e’lon qilishni va’da bermoqda.

Ro‘yxatdan o‘tgan besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib bormoqda. Bular – Aleksandr Lukashenko (amaldagi Prezident), Sergey Cherechen (Belarus sotsial-demokratlar partiyasi raisi), Anna Kanopatskaya (sobiq deputat, tadbirkor, huquqshunos), Andrey Dmitriyev  (jamoat arbobi, “Haqiqatni ayt” birlashmasi hamraisi), Svetlana Tixanovskaya (ro‘yxatdan o‘tishda rad etilgan gomellik blogerning rafiqasi).

Belarusda 5,7 mingdan ortiq saylov uchastkalari tashkil etilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi 44 ta uchastkada ovoz berish jarayonlari amalga oshirildi. 4-8 avgust kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Unda 40 foizdan ko‘p saylovchilar ishtirok etgan.

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk vaqti bilan soat 11:00 da saylov uchastkasiga tashrif buyuradi va jurnalistlar bilan muloqot qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi davlat rahbari Lukashenko Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident saylovi

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing