Belarusda pedofillar uchun kimyoviy kastratsiya joriy etiladi
Olam
−
19 iyun 2023
7508Belarus Bosh prokuraturasi Jinoyat kodeksiga pedofiliyada ayblangan shaxslarni majburiy kimyoviy kastratsiya qilishni nazarda tutuvchi tuzatishlar ishlab chiqdi. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib, “Nasha Niva” xabar berdi.
Aytilishicha, mazkur tuzatishda jinoyat uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jazolash bilan birga majburlov choralari ham qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, Bosh prokuratura xabarida “pedofiliyani davolash algoritmi”, jumladan, kimyoviy kastratsiyadan foydalanishni o‘z ichiga olgan klinik protokol ishlab chiqqani va tasdiqlanganini ta’kidlagan.
Mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenko esa Bosh prokuraturaning “ota-onalar mas’uliyatini kuchaytirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish bo‘yicha; noan’anaviy jinsiy aloqalarni, jinsni o‘zgartirishni, pedofiliyani va bolalardan xolilikni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash; ta’lim jarayoniga bolalar va yoshlarning jinsiy tarbiyasi mavzusi bo‘yicha majburiy kursni joriy etish; muqaddam sudlangan shaxslar ustidan, shu jumladan, elektron bilaguzuklardan foydalangan holda nazoratni kuchaytirish” haqidagi tashabbuslarini qo‘llab quvvatlagan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 5 yil ichida Belarusda 3,5 mingdan ortiq bola jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar qurboniga aylangan.
LiveBarchasi