Belarusda koronavirusga qarshi emlash yanvar oyida boshlanadi

Olam

image

Belarusda “Sputnik V” Rossiya vaksinasi orqali koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash yanvar oyida boshlanadi. Bu haqda bugun, 21 dekabr kuni Belarus Sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevich ma’lum qildi.

“Vaksinaning birinchi partiyasi yanvarda keladi. Biz emlash kampaniyasini o‘shanda boshlaymiz”, deydi Pinevich.

Unga ko‘ra, Rossiya tomonidan nazorat qiluvchi organlarga taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama o‘rganib chiqilganidan so‘ng, Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

“Vaksina mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan, ushbu vaksinani klinik jihatdan ishlatishga ruxsat berilgan. Vaksinani bizning mamlakatda klinik sinovlar emas, balki oddiy qabul doirasida ham ishlatish mumkin. Endi kelgusida yetkazib berish masalalari paydo bo‘ldi”, deydi vazir.

Uning ta’kidlashicha, birinchi bosqichda vaksinani tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, savdo va boshqa ishchilar qabul qiladi, ular o‘z kasblari tufayli ko‘p sonli odamlar bilan aloqa qilishga majbur. Ushbu kasb egalari uchun emlanish bepul bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyatida Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinalarini ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar berildi.

Shuningdek, “Bloomberg” nashri O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasiga 70 mln doza buyurtma bergani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' vaktsina

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing