Belarusda 136 kishi ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan izohlari uchun hibsga olindi 

Olam

image

Belarusda 136 kishi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirilgan Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (DXQ) xodimining o‘ldirilishi haqidagi izohlari uchun hibsga olindi. Bu haqda Belarus Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “fojia jamiyatni larzaga solgan bo‘lsa-da, qayg‘uni shov-shuvga aylantirganlar ham topilgan”.

“Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining har bir bunday holatga qattiq va prinsipial huquqiy baho berish to‘g‘risida bir necha bor ogohlantirishlariga qaramay, bu ba’zi “kommentchi”larni to‘xtata olmadi va ular anonimlik va xayoliy jazosizlikka tayanib, Internetda haqorat va tahqirlashni davom ettirdilar”, deyiladi xabarda.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, ijtimoiy adovatni qo‘zg‘atish va hukumat vakilini haqorat qilish moddalari bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Bu ish bo‘yicha ayblanuvchilardan biri Belarusdagi “Komsomolskaya pravda” jurnalisti Gennadiy Mojeyko bo‘lib, u DXQ ofitserini o‘ldirishda ayblanayotgan Andrey Zelser haqidagi ijobiy izohlardan o‘z maqolasida foydalangan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 sentyabr kuni Minskda IT-kompaniya xodimi Andrey Zelser bilan otishmada DXQ ofitseri Dmitriy Fedosyuk halok bo‘lgan. Muxolif nashr – “Nexta”ga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari uning uyiga bostirib kirgan, shundan so‘ng Andrey Zelser ularga o‘q uza boshlagan. DXQ ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari terrorchilarga qarshi tadbir o‘tkazayotganda “o‘ta xavfli jinoyatchi” ofitserlarga o‘q uzgan.


Maqola muallifi

Teglar

Minsk Belarus'

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing