Belarus urushga tayyor bo‘lishi kerak – Lukashenko
Olam
−
21 fevral
7545Belarus ehtimoliy urushga tayyor turishi kerak. Bu haqda kecha, 20 fevral kuni Aleksandr Lukashenko milliy xavfsizlik tizimidagi davlat organlari rahbariyati bilan kengaytirilgan yig‘ilishda so‘z ochdi.
"Bizga urush kerak emas, lekin biz unga ham ruhiy, ham strategik jihatdan tayyor bo‘lishimiz kerak”, deydi Lukashenko.
U vaziyatning jiddiyligini ta’kidlar ekan, global mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyati haqidagi barcha illyuziyalardan voz kechish kerakligini aytdi. Lukashenkoning fikricha, xalqaro huquq ham taranglikni bartaraf eta olmaydi.
Lukashenkoning da’vo qilishicha, G‘arb yangi, ammo AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan nazorat qilinadigan mintaqaviy tashabbuslarni yaratishga harakat qilmoqda.
"Reja nihoyatda ibtidoiy. Unga Polsha, Ruminiya, Vengriya va Slovakiyadan tashqari "neytral" Ukraina va Belorus ham kirishi kerak. Buning uchun Belarus Rossiyadan "uzilgan" bo‘lishi kerak", deydi u.
LiveBarchasi