Belarus Ukraina bilan chegarada istehkomlar qurishni boshladi – OAV
Olam
−
21 may 2023
8207Belarus Ukraina chegarasida mudofaa istehkomlari qurishni boshladi. Bu haqda "Belaruskі Gayun" xabar qildi.
Aniqlanishicha, Gomel shahridan 10 km uzoqlikda "ajdar tishlari" deb nomlanuvchi tankga qarshi beton chuqurchalar topilgan. Ular o‘rnatilgan joydan Ukraina bilan chegaragacha bo‘lgan masofa taxminan 20 kilometrni tashkil qiladi.
“Bundan tashqari, “ajdar tishlari” qurilgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, ehtimol, istehkomlar qurilmoqda”, deb yozgan gazeta.
Belarus hududida "ajdaho tishlari" ning o‘rnatilishiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.
“Gomelda hududiy mudofaa mashqlari o‘tkazilmoqda”, deya eslatgan nashr.
Ma’lumot o‘rnida, "ajdaho tishlari" temir-betondan yasalgan kvadrat-piramidali istehkomlardir. Bitta “tish” ning balandligi 90 dan 120 sm gacha.
Bunday istehkomlar birinchi jahon urushi davrida tanklar va piyodalar harakatiga to‘sqinlik qilish uchun qo‘llanilgan.
Ularning asosiy vazifasi zirhli texnikalarni sekinlashtirish va zararlangan hududlarga yo‘naltirishdir.
LiveBarchasi