Belarus SHHTga a’zo bo‘ldi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostonadagi sammiti Belarusni tashkilotga qabul qilish haqidagi hujjatlarni imzolash marosimi bilan boshlandi.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning ma’lum qilishicha, Belarus qisqa vaqt ichida tashkilotda to‘liq ishtirok etish uchun barcha tartib-qoidalarni yakunlagan. Shunday qilib, mamlakat tashkilotning to‘liq huquqli, o‘ninchi a’zosiga aylandi. Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ham xuddi shunday maqomga ega.

A’zo davlatlar rahbarlari Belarusning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni imzoladi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001 yilda Shanxayda tashkil etilgan. Tashkilotning asosiy maqsadlari – ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda rivojlanishdir. 2015 yildan beri Belarus SHHTda kuzatuvchi maqomiga ega, 2022 yilda esa tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan.

Ilgari uchta davlat kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan, yana sakkiztasi esa bu maqom uchun ariza bergan. Bundan tashqari, 14 davlat muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Ostona Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing