Belarus Rossiya bilan chegarada yirik harbiy mashg‘ulot o‘tkazmoqchi

Olam

Belarus Rossiya bilan chegaradagi Viteb viloyatida joriy yilning 11 avgust kuni rejali harbiy yig‘in boshlaydi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Natalya Gavrusik ma’lum qildi.

Belarusda 35 yoshgacha bo‘lganlar 25 kunlik tezkor harbiy mashg‘ulotga chaqirilgan. 

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, harbiy tayyorgarlikka ega zaxiradagilarni yig‘inga chaqirish Qurolli kuchlarda doimiy amalga oshiriladigan jarayon. Shu bilan birga chaqiriq qog‘ozi keldi degani “yig‘inga borish kerak degani emasligini eslatgan”. Gavrusik harbiy xizmatga majburlarning hujjatlarini yig‘ish hududlardagi mudofaa bo‘limlarining ishi ekanini ta’kidlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus Rossiya bilan chegaraga og‘ir harbiy texnikalarni jamlayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Tank va BTRlar mahalliy aholini vahimaga solgan.

Eslatib o‘tamiz, Minsk chekkasidagi sanatoriyda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 32 nafar jangisi qo‘lga olindi. Yana bir rossiyalik Belarus janubida ushlangan. Mamlakat huquq-tartibot idoralari ularga nisbatan terrorchilik akti uyushtirishga urinish ayblovi bilan jinoiy ish ochgan. Rossiyaliklar 20 yilga qamalishi mumkin.

Rasmiy Moskva rossiyaliklar Belarus orqali Turkiyaga ketayotganini, ular xususiy qo‘riqlash kompaniyasi xodimlari ekanini aytib chiqdi. Xullas, har ikki tomon o‘z vajini aytdi. Ammo ittifoqchi davlatlar munosabati so‘nggi vaqtlarda yaxshi emasligi hech kimga sir bo‘lmay qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Belarus'

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing