Rossiya Belarusga qancha askarini joylashtirishi aytildi

Olam

image

To‘qqiz mingga yaqin Rossiya harbiylari qo‘shma qo‘shinlar guruhini joylashtirish doirasida Belarusga joylashtiriladi. Bu respublika Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Mintaqaviy qo‘shinlar guruhi tarkibiga kiruvchi rossiyalik harbiy xizmatchilar bilan birinchi eshelon Belarus Respublikasiga kela boshladi. Ko‘chirish bir necha kun davom etadi. Umumiy soni 9000 kishidan biroz kam bo‘ladi”, deydi xalqaro harbiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, vazir yordamchisi Valeriy Revenko.

Avvalroq rus harbiylarining birinchi guruhi Belarusga kelgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Belarus qo‘shma mintaqaviy qo‘shinlar guruhini joylashtirishga kelishib oldi. Mamlakat fuqarosi Aleksandr Lukashenko Ukrainaning Belarusga qarshi front ochishi harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish ekanini, ammo jarayon boshlanganini iddao qilgan. Shuningdek, u ikki davlatning qo‘shma mintaqaviy guruhi qayerga va nima uchun joylashtirilishiga oydinlik kiritmagan.

Bundan oldin esa Ukrainaning Belarusdagi elchisi dabdurustdan Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy Kiyev unga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqida nota topshirilgandi. Ammo bunga hech qanday asos keltirilmagan. Ukraina TIV esa bu harakatga munosabat bildirib, bunday iddao hech qanday asosga ega emasligi va yolg‘onligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Belarus'

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing