Lukashenko Putindan Belarusni qurollantirishni so‘radi
Olam
−
16 Sentabr 2020
8781Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan o‘z qo‘shinini zamonaviy qurollar bilan qurollantirishda yordam so‘radi. Bu haqda Aleksandr Lukashenko RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda BelTA.
“Men Rossiya Prezidentidan qurollarning bir nechta turidan ham so‘radim. Siz kelsangiz, Ittifoqchi davlat doirasida qayerda, nimani mustahkamlash kerakligini ko‘rib chiqamiz, dedim. Qo‘rqishning keragi yo‘q, biz bunga tayyormiz”, degan Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi voqealar belaruslarning ham, ruslarning ham manfaatlarini mardonavorroq himoya qilish kerakligini ko‘rsatdi.
Lukashenko Belarus kuchsizlandi, bardosh berolmaydi, Rossiya chetga chiqadi deb o‘ylayotganlar bo‘lsa, bu ahmoqlar fikri deb hisoblamoqda.
“Biz faqatgina Belarusda emas, chegaralarimiz atrofidagi vaziyatni ham nazorat qila oladigan holatdamiz. Siz Brestdan Vladivostokkacha bo‘lgan umumiy Vatanimizni mudofaa qilish borasida bizning imkoniyatimizga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi”, deya ishontirgan Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Lukashenko va Putin Sochida uchrashdi. Uchrashuvda Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar qarz berishiga kelishildi.
LiveBarchasi