Shoyguning Minskka tashrifi Belarusning kelgusi siyosatini belgilaydimi?
Olam
−
16 Sentabr 2020
7734Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi Rossiya harbiy delegatsiyasi bugun, 16 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Minskka bordi. Tashrifning maqsadi Belarus va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilish ekanligi aytilgan.
Ayni kunlarda Rossiya va Belarus o‘zaro aloqalarini mustahkamlash niyatida ekanligini sezish qiyin emas.
9 avgust kuni Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovining natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, Minskda namoyishlar boshlandi .Odamlar Lukashenkodan iste’foga chiqishini talab qildi. Hukumat namoyishchilarga qarshi OMON bo‘linmasini ishga soldi. Ikki o‘rtada to‘qnashuvlar ham bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda davom etayotgan namoyishlar sabab yuzaga kelgan holatni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qildi. Chunki bu noroziliklar RFga ham tahdid tug‘dirishi mumkinligidan xavotir olayotgandi. 2 sentyabr kuni esa Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning Moskvada uchrashishlari rejalashtirilgani aytildi.
Bu kungacha esa Putin va Lukashenko 4 marotaba telefon orqali suhbatlashishgandi.
Uzoq kutilgan uchrashuv 14 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tdi. Bu Belarus Prezidentining 9 avgustdagi saylovlardan keyingi birinchi chet el safari edi. Bu o‘z navbatdagi Belarusning tashqi siyosati bundan buyon qaysi yo‘ldan borishini anglatgandek bo‘ldi.
Muzokaralarda Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar miqdorida davlat qarzi ajratishi ma’lum buldi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Belarus Rossiyaga qattik suyanmoqda.
Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning bugungi tashrifi ham Belarus Lukashenko boshchiligidagi navbatdagi Prezidentlik davrida mudofaa va harbiy sohaga alohida urg‘u berilayotganidan dalolatdek.
LiveBarchasi