Rossiya Belarusga qo‘shin tashladi
Olam
−
15 Oktabr 2022
15226Rossiya harbiylaridan iborat birinchi eshelon qo‘shinlarning qo‘shma guruhini tuzish uchun Belarusga yetib keldi. Bu haqda respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mintaqaviy qo‘shinlar (kuchlar) guruhi tarkibiga kiruvchi rossiyalik harbiy xizmatchilarning birinchi esheloni Belarus Respublikasiga yetib keldi. Harbiy xizmatchilarni non va tuz bilan kutib olishdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, ushbu qaror faqat Ittifoq davlati chegarasining “xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash manfaatlaridan kelib chiqqan holda” tashkil qilinmoqda va “chegara hududlarida davom etayotgan faoliyat bilan bog‘liq”.
Xuddi shu xabarda harbiy xizmatchilar va texnikaning kelgani aks etgan video, shuningdek, Rossiya harbiy bo‘linmasi qo‘mondoni o‘rinbosari Viktor Smeyanning izohi e’lon qilingan.
“Biz Belarus zaminiga yetib keldik. Qarshilov juda iliq, juda yoqimli bo‘ldi. Biz Belarus Respublikasiga qardosh belarus xalqiga yordam berish uchun keldik, qo‘mondonlikdan kelgan har qanday topshiriqni bajarishga tayyormiz. Hamma jangovar kayfiyatda”, degan harbiy.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Belarus qo‘shma mintaqaviy qo‘shinlar guruhini joylashtirishga kelishib oldi. Mamlakat fuqarosi Aleksandr Lukashenko Ukrainaning Belarusga qarshi front ochishi harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish ekanini, ammo jarayon boshlanganini iddao qilgan. Shuningdek, u ikki davlatning qo‘shma mintaqaviy guruhi qayerga va nima uchun joylashtirilishiga oydinlik kiritmagan.
Avvalroq Ukrainaning Belarusdagi elchisi dabdurustdan Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy Kiyev unga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqida nota topshirilgandi. Ammo bunga hech qanday asos keltirilmagan. Ukraina TIV esa bu harakatga munosabat bildirib, bunday iddao hech qanday asosga ega emasligi va yolg‘onligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi