Belarus g‘arbida ukrainalik harbiylar qo‘lga olindi

Olam

image

Belarus g‘arbida portlovchi moddalari bor diversantlar qo‘lga olindi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning nutqiga asoslanib, "RIA Novosti" xabar berdi

“Ukraina fuqarolarining bir qismi uchuvchisiz samolyotlar yordamida botqoqlarni kechib, chegaramizni kesib o‘tib, birinchi navbatda Rossiya va Belarus hududiga qo‘poruvchilik niyatida portlovchi moddalarini o‘tkazdi”,  deydi Lukashenko.

Davlat rahbari maxsus xizmatlar va harbiylarning qo‘shma operatsiyasi paytida barcha "buzg‘unchilar" qo‘lga olingani hamda ularning orasida belaruslar ham borligini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Lukashenko Prezident va butun davlat hokimiyati tizimi Belarus xalqining qo‘llab-quvvatlashiga muhtojligini eslatdi.

Uning ta’kidlashicha, bunday hibsga olishlar haftasiga ikki-uch marta sodir bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko harbiylarga belarusliklarga qarata o‘q uzishga ruxsat bergandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Belarus' Lukashenko diversant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing