Belarus ham g‘arbga sanksiya qo‘llab, yanada Rossiyaning pinjiga kirmoqchi

Olam

image

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Belarusga nisbatan navbatdagi sanksiyalar paketini e’lon qilgani, 30 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan Belavia aviakompaniyasiga ham sanksiya qo‘llanilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu sanksiyalarga javoban Belarus hukumati ham bir qator davlatlardan import qilishga nisbatan nisbatan cheklovlarni o‘rnatmoqda. Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

“Belarusning suverenitetiga putur yetkazish va Belarus fuqarolarining farovonligini yomonlashtirishga qaratilgan noqonuniy tashqi sanksiyalar bosimiga javoban, Belarus Respublikasi hukumati milliy manfaatlarni himoya qilish uchun Belarusga qarshi noqonuniy sanksiyalarni qo‘llagan davlatlardan kelgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi bayonot avvalida. 

Qayd etilishicha, ushbu farmon tez orada imzolanadi va kuchga kiradi. Ichki bozorni esa do‘st mamlakatlarning o‘xshash tovarlari bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.  

Shuningdek, Hukumat Belavia aviakompaniyasiga nisbatan belgilangan sanksiyani “aviatsiya sanoatining adolatsiz raqobatga asoslangan noqonuniy cheklovlari”, deb ta’riflagan. Unga ko‘ra, Belarus ham Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya aviatashuvchilarga nisbatan xuddi shunday choralarni ko‘radi.

“Kollektiv G‘arbning tashqi bosimiga qarshi turish va uning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha eng muhim chora-tadbirlardan biri sifatida Belarus Respublikasi Ittifoq dasturlarini amalga oshirish va Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi bilan mustahkam savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda davom etadi”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing