Belgiyalik futbolchi hibsga olindi
Sport
−
27 yanvar
5769Belgiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Roja Nainggolan kokain kontrabandasida ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda Bryussel prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Belgiya politsiyasi Janubiy Antverpen porti orqali kokain olib o‘tilishi bo‘yicha olib borilgan tergov natijasida Belgiya chempionati 2-liga vakili “Lokeren-Temse” jamoasida to‘p tepgan Roja Nainogollanga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Politsiya Antverpen va Bryusseldagi 30 dan ortiq uyda tintuv o‘tkazdi.
Bu holat bo‘yicha Bryussel prokuraturasi izoh berdi.
“Tergov kokainning Janubiy Amerikadan Antverpen porti orqali Yevropaga olib kelingani va Belgiyada qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Biz bu ish yuzasidan futbolchi bilan so‘roq qilish ishlari davom etayotganini ma’lum qilamiz. Shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga muvofiq bu bosqichda boshqa izoh bera olmaymiz”, deyiladi izohda.
Ma’lumot o‘rnida, Nainggolan futbolchilik faoliyatida “Roma”, “Inter”, “Kalyari” klublarida to‘p tepgan. Uning oxirgi jamoasi “Lokeren Temse” jamoasi bo‘ldi. Belgiya terma jamoasida esa 2009 yildan 2018 yilga qadar faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar
![O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/LF/thumb_AV506IfBgmW3B2hZlNW2THujNmRi9d.jpg)
![1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/R5/thumb_watlnJ8OLVoNjpRyEbpSHTQElY6tLN.jpg)
![Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/uZ/thumb_pQCThx1ARSebk7O21dg1mBc8ixBmUw.jpg)