Belgiya Rossiyaning 21 diplomatini mamlakatdan haydadi

Olam

image

Belmgiya rossiyalik 21 diplomatni josuslik yoki qirollik xavfsizligini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblab chiqarib yuboradi. Bu haqda bugun, 29 mart kuni mahalliy OAV Tashqi ishlar vaziri Sofi Vilmesga tayanib xabar berdi. 

Qayd etilishicha, dimlomatlar quvilganiga qaramay, Moskva bilan diplomatik kanallar ochiqligicha qolmoqda. 

Belgiya rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi haqidagi xabarni Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘lab, boshqa tafsilotlarni keltirmayapti. 

Rossiyaning Belgiyadagi elchisi Aleksandr Tokovinin 21 nafar rossiyalik diplomat va ma’muriy-texnik xodimlar qirollikdan chiqarib yuborilganini tasdiqladi va buni mutlaqo asossiz deb atadi. 

“29 mart kuni Belgiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari T.Gentsis Rossiya elchisi A.A.Tokovinin bilan uchrashuvi chog‘ida Belgiya hukumatining Bryusseldagi elchixona va savdo missiyasining 21 nafar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarini persona non grata deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi.  

Ushbu xodimlar o‘zlarining maqomlariga mos kelmaydigan faoliyatda ayblanadilar. Rossiya elchisi bu ayblovlarni mutlaqo asossiz deb hisoblab, bu qaror Rossiya-Belgiya munosabatlariga jiddiy zarba berishini va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik an’analariga zid ekanligini ta’kidladi. Albatta, Belgiya tomonining bu nojo‘ya harakati javobsiz qolmaydi”, deyiladi elchixona xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 mart kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga diplomatik missiyaning 45 nafar xodimi mamlakatda chiqarib yuborilishi haqida nota topshirilgan edi. Shu bois ikki mamlakat munosabatlaridagi keskinlik soat sayin ortmoqda. 

Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyi oxiridan beri Polsha Rossiyaning Varshavadagi elchixonasining bank hisoblarini “terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin” degan bahona bilan bloklab qo‘ygan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Bel'giya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing