Bekzod Abdurahmonov uch karra Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

Sport

image

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Abdurahmonov Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bronza medaliga ega chiqdi. 

Bugun, 7 oktyabr kuni -74 kg vazn toifasida bahs olib borgan Abdurahmonov bronza medali uchun kechgan kurashda turkmanistonlik Perman Xommadovdan mag‘lub etib, musobaqa shohsupasiga ko‘tarildi. 

Bu orqali u faoliyati davomidagi 3-Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi. Uning hisobida 2014 va 2018 yillarda bo‘lib o‘tgan musobaqalarning oltin medallari ham bor.

Shuningdek, erkin kurash bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasi litsenziati Javrail Shapiyev (-86 kg) o‘z shaxsiy sovrinlari kolleksiyasiga Osiyo o‘yinlari medalini ham qo‘shib qo‘ydi. U bronza medali uchun kechgan bellashuvda bahraynlik Magomed Sharipovni yengdi.

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 69 ta medal (21 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza) bor. O‘zbekiston bu orqali medallar jamg‘arish bo‘yicha umumiy reytingning 5-pog‘onasidagi o‘rnini yanada mustahkamlab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari chempioniga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Javrail Shapiev Bekzod Abdurahmonov Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing