Parij-2024: O‘zbekistonlik sportchi bronza medal uchun kurashadigan bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 9 avgust kuni erkin kurash bahslarining chorak finalida imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik Javrail Shapiyev bronza medali uchun o‘tish bahsida ishtirok etib, g‘alaba qozondi.

-86 kg vaznda bahslarda qatnashayotgan Shapiyev o‘tish bosqichida kanadalik Aleks Murni mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Shapiyev 3-o‘rin uchun bahsda amerikalik Aaron Markelga qarshi gilamga chiqadi. Ushbu vazn finalida Bolgariya va eronlik sportchilar kuch sinashadi.

Shuningdek, bugungi kun dasturda yana bir o‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev ham bronza medali uchun kurashadi. -57 kg vazn toifasida Abdullayevga Bekzat Almaz Uulu raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Javrail Shapiev G'ulomjon Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing