G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun kurashadi

Sport

image

O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev yarim final bahsida gilamga chiqdi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Abdullayev murosasiz kechgan kurashda amerikalik Spenser Liga imkoniyatni boy berdi. 

Endi u 8 avgust kuni kechki dasturda bronza medali uchun bellashadi. Unga puerto-rikolik Darian Toi Kruz va hindistonlik Aman Aman o‘rtasidagi bahsda mag‘lub bo‘lgan sportchi raqiblik qiladi.

Shuningdek, bugun tunda yana 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi Olimpiada medallari uchun kurash olib boradi. Jumladan, taekvondo va boks bahslarida Ulug‘bek Rashidov va Hasanboy Do‘smatov Olimpiada oltin medali uchun jang qilsa, delegatsiya bayroqdori Abdumalik Xalokov o‘z vaznida final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

G'ulomjon Abdullaev bronza medal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing