G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medali sovrindori bo‘ldi
Sport
−
09 avgust
3780Parij shahrida davom etayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining erkin kurash bahslarida o‘zbekistonlik G‘ulomjon Abdullayev 57 kg vazn toifasida Qirg‘iziston vakili Bekzat Almaz Uluuga qarshi bronza medal uchun kurashdi. Yakunda Abdullayev g‘alaba qozonib, Olimpiadaning bronza medaliga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi medallari soni 6 taga yetdi - 3ta oltin va 3ta bronza.
Biroz oldin erkin kurash bahslari yarim finalida o‘zbekistonlik Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida Tojikiston vakili Viktor Rassadinga qarshi bahsda qatnashdi. Yakunda Jamalov 8:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Shuningdek, bugun bokschilardan Lazizbek Mullojonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final janglarida ishtirok etadi.
LiveBarchasi