Parij-2024: O‘zbekistonlik ikki kurashchi chorak finalga chiqdi
Sport
−
08 avgust
3053Olimpiada o‘yinlarining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik ikki nafar yunon-rum kurashchisi o‘z ishtirokini boshladi.
Javrail Shapiyev o‘zbekistonlik erkin kurashchilarning g‘alabali yurishini boshlab berdi. -86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shapiyev ilk bosqichda gruziyalik Vladimeri Gamkrelidzedan ustun kelib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. Endi u chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan bellashadi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi G‘ulomjon Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Ilk bosqichda ozarbayjonlik Aliabbas Rzazade bilan bellashgan Abdullayev irodali g‘alaba bilan chorak final yo‘llanmasini naqd qildi. Endi u meksikalik Roman Bravo-Yung va armanistonlik Arsen Xarutyunyan o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi gilamga chiqadi.