Nurxon Qurbonova Paralimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Fransiyada o‘tayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar ko‘rsatayotgan natijalar yuqorilab bormoqda.

Jumladan, o‘yinlarning para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida yadro uloqtirish bahslarida Nurxon Qurbonova 7,75 metr natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiada o‘yinlarida kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston hisobida hozirda umumiy hisobda 14 ta medal bor: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpiada o‘yinlarining yengil atletika bahslarida o‘zbekistonlik Bobur Omonov ikkinchi urinishda 14,32 metr natija qayd etib, Paralimpiada o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Nurxon Qurbonova bronza medal' yadro uloqtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing