Javrail Shapiyev bronza medal uchun kurashda imkoniyatni boy berdi

Sport

image

Parij shahrida davom etayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining erkin kurash bahslarida o‘zbekistonlik Javrail Shapiyev -86 kg vazn toifasida amerikalik Aaron Bruksga qarshi bronza medali uchun kurashdi. Biroq Javrail Shapiyev imkoniyatni boy berdi va Olimpiadani 5-o‘rin bilan yakunladi.

Biroz oldin erkin kurash bahslarida o‘zbekistonlik G‘ulomjon Abdullayev 57 kg vazn toifasida Qirg‘iziston vakili Bekzat Almaz Uluuga qarshi bronza medal uchun kurashdi. Yakunda Abdullayev g‘alaba qozonib, Olimpiadaning bronza medaliga ega bo‘ldi.

Shuningdek, bugun bokschilardan Lazizbek Mullojonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final janglarida ishtirok etadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Parij Javrail Shapiev bronza medal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing