Bektemirda Prezidentning 5 tashabbusi bo‘yicha katta tadbir o‘tkazilyapti

Jamiyat

photo_2019-06-01_19-39-52 (2)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida joriy yil 19 мартда o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta tashabbus ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash” maqsadida 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Bektemir tuman Madaniyat markazida tadbir o‘tkazilyapti.

Katta va noan’anaviy mega loyiha davomida Prezident muhim tashabbuslarining 5 yo‘nalishi bo‘yicha turli ko‘rik tanlovlar tashkil qilingan:

-    “Yoshlik va nafosat” tanlovi;

-    “Sport – sog‘liq kafolati” shiori ostida boks, milliy kurash, shaxmat va shashka, gimnastika, УShУ sport yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslari;

-    “Yosh innovatsiyachi” tanlovi;

-    “Kitobxonlik – ma’naviyat sarchashmasi” shiori ostida kitob ko‘rgazmalari, teatrlashtirilgan sahnalar namoyishi;

-    “Ishbilarmon ayol” shiori ostida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va milliy liboslar ko‘rgazmalari shular jumlasidan.

Shu bilan birga, Bektemir tumanining markaziy ko‘chasidagi avtomobil qatnovlari to‘xtatilib, tuman markazida katta sahna қурилди. Ushbu sahnada o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari afsonaviy “Setora” huruhi, Shohruh Reper, “Sharq” guruhi, Munisa Rizayeva, Otabek Mutalxo‘jayev, DJ Shuriklar chiqish qiladi. Sahna monitorlarida Bektemir tumani hokimligining 5 ta muhim tashabbus uchun suratga olingan maxsus videroligi namoyish etilyapti.

Katta auditoriyani o‘zida jamlagan loyihada, maxsus “Mening Prezidentim – mening faxrim” yozuvi tushirilgan futbolkalar ham tarqatilyapti. Bolajonlarga sovg‘alar ulashilyapti. Muborak Ramazon oyi ekani inobatga olinib, 100 kilogramga yaqin osh tayyorlanib, iftorlik dasturxoni yozildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir tumani tadbir

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing