Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz o‘chadi
Jamiyat
−
10 avgust 523 1 daqiqa
Bugun Toshkent sharining Bektemir tumanidagi 2 ta mahalla hududining bir qismida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Bektemirtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Bektemir tumanidagi mavjud eskirgan gaz taqsimlash punktlarini yangisiga almashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan bugun, 11 avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- “Nurli yo‘l” MFY – Yashil vodiy, Akmal Ikromov va Amir Temur ko‘chalari;
- “Zabardast” MFY – Yangi Hayot ko‘chasi.
Qayd etilishicha, mazkur ta’mirlash ishlari davomida 410 ta xonadon hamda 15 ta ulgurji iste’molchi tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.
“Hududgazpoytaxt” AJ noqulayliklar uchun uzr so‘ragan. Shuningdek, ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti belgilangan tartibda qayta tiklanishi bildirilgan.