Toshkentda yuk mashinasi piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 13 aprel kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Toshkentda 1 yil ichida 91 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi north_east

Toshkentda 1 yil ichida 91 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Yo‘l-transport hodisasi soat 22:00 da Bektemir tumanining Xonobod ko‘chasida yuz bergan. YHXB xabariga ko‘ra, 1998 yilda tug‘ilgan D.A. ismli haydovchi HOWO rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 1969 yilda tug‘ilgan piyoda G.D.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanida Matiz yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 2 bolani urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent YHXB Bektemir tumani tergov yuk mashinasi YTX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing