Toshkentda 1 yil ichida 91 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahri hududida 2024 yil davomida 91 ta yo‘l-transport hodisasi o‘lim bilan yakunlangan. Bu haqda joriy yil 10 fevral kuni qabul qilingan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining tegishli qarorida keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri hududida 2024 yil davomida 1 280 ta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lib, mazkur hodisalarning 1 189 tasi tan jarohati, 91 tasi o‘lim kabi og‘ir oqibatlar bilan yakunlangan. Shuningdek, 720 ta piyodalar bilan bog‘liq, 98 ta tezlik bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2023 yil poytaxt ko‘chalarida sodir bo‘lgan YTHlarda 95 kishi halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 10 nafari bolalar. YTHlar oqibatida 1248 kishi tan jarohati olgan, 10 kishi umrbod nogironga aylangan. Jarohat olganlarning 235 nafari esa bolalar hisoblanadi. 

2022 yilda esa poytaxtda 1200 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hisobot davrida YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, senator Qutbiddin Burhonov O‘zbekistonda 2024 yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2203 nafar inson halok bo‘lgani va 8901 nafar inson tan jarohati olganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing