Bektemir tumaniga yangi hokim keldi
Jamiyat
−
11 mart
8405Bugun, 11 mart kuni Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sessiyada Bektemir tumaniga hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Yig‘ilishda hozirgacha Chilonzor tumani “Gavhar” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abdurahmonov Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Nurilla Abdurahmonov 1981 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Shu kunga qadar Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tuman hokimliklarida qator mas’ul vazifalarda faoliyat yuritib kelgan.
LiveBarchasi