Bektemirdagi 105-saylov uchastkasidagi holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
6558Avvalroq, Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 105-saylov uchastkasida o‘tkazilgan saylov natijalari bekor qilingani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura 105-saylov uchastkasidagi holat bo‘yicha tekshiruvlarini yakunladi va natijalarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 dekabr kuni Bektemir tumanidagi 105-sonli saylov uchastkasi komissiya a’zolari saylov vaqtida kuzatuvchilarning xonadan chiqib ketganligidan foydalanib, saylov qutisiga bir nechta saylov byulletenlarini tashlashgan. Bundan tashqari, ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada komissiya a’zosi hisoblangan R.Mahkamovning imzosini soxtalashtirishib, O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishgan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 146-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi