Poytaxtdagi 2 ta tumanda qariyb 4 kun gaz bo‘lmaydi
Jamiyat
−
11:30 2952 2 daqiqa
Ertaga, 12 avgustdan boshlab qariyb 4 kunga poytaxtning 2 ta tumaniga qarashli aksariyat mahallalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Yangihayot tumani “Tashabbus” MFY va Sergeli 5A mavzesida joylashgan eski gaz taqsimlash punkti hamda hududdagi yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan 12 avgust soat 08:00 dan 15 avgust 17:00 ga qadar Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi quyidagi iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
- Yangihayot tumani: “Yo‘ldosh”, “Mash’al”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent”, “Fayzli”, “Chortoq” MFYlaridagi yerli xonadon, ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste’molchilar.
- Sergeli tumani: “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Yangi Sergeli”, “Sohibqiron”, “Sofdil”, “So‘g‘diyona”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Saxovat”, “Qipchoq”, “Qut-baraka”, “Daryo bo‘yi” MFYlaridagi yerli xonadon, ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste’molchilar.
Bildirilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 2 ta mahalla hududining bir qismida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi