Bekobodga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
28 dekabr 2023
7429Toshkent viloyatidagi Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Do‘sbekov Shuhrat Begimqulovich Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Do‘sbekov 1980 yilda Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Shuhrat Do‘sbekov faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Bekobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bekobodning oldingi hokimi Shuhrat Mirzayev DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mirzayev lavozimga to‘rt oy avval tayinlangandi. Hokim mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumon qilinayotgani aytilgan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr