Bekobodda xotini o‘z joniga qasd qilishiga sababchi bo‘lgan erkak 9 yilga qamaldi
3-sahifa
−
13 avgust
5170Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini ko‘p qavatli binoning 5-qavatidan tashlab vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng marhumaning turmush o‘rtog‘i gumondor sifatida Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan. Sud erkakni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining 2024 yil 13 avgustdagi hukmiga muvofiq 35 yoshli D. X. (muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
“Jabrlanuvchi N. X. (marhuma)ning qonuniy vakili R. S. sudlanuvchi D. X.dan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan tegishli hujjatlarni to‘plab, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega. Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan tomonlar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudiga apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkinligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr