Bekmurod Oltiboyev ippon evaziga chorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
30 iyul 2021
2826Dzyudo bo‘yicha +91 kg vaznda ishtirok etayotgan Bekmurod Oltiboyev muddatidan avval qozonilgan ikki g‘alaba evaziga chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yakuniga yetgan bahsda Oltiboyev niderlandiyalik Xenk Grolni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Grol ikki marta Olimpiada sovrindori bo‘lgan. Endi Oltiboyev yarim final chiptasi uchun chexiyalik tajribali dzyudochi Lukash Krpalekka qarshi tatamiga chiqadi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakili birinchi bosqichda mo‘g‘ulistonlik Durenbayar Ulzibayarni ham ippon bahosi bilan mag‘lub etgan edi.
Ushbu vazn toifasi dzyudo bahslaridagi eng so‘nggisi hisoblanadi. Bahslar yakuniga yetganidan so‘ng, aralash jamoaviy bahslarga start beriladi.
Avvalroq, -91 kg vaznda o‘zbekistonlik Davlat Bobonov bronza medalga ega chiqqan edi.
LiveBarchasi