Bayrut fojiasidan keyin Livanda yangi Hukumatni tuzish ishlari boshlandi

Olam

image

Joriy yilning 31 avgust kuni Livan yangi Hukumat tarkibi bo‘yicha muhokamalarni boshlaydi. 

Hasan Diab boshchiligidagi avvalgi Hukumat Bayrut portidagi katta portlashdan keyin mamlakatda qayta boshlangan norozilik namoyishlari tufayli iste’foga chiqqandi

Livan Prezidenti ma’muriyatida xabar qilinganidek, Prezident Mishel Naim Aun hafta boshida siyosiy partiyalar rahbarlari va mustaqil deputatlar bilan Hukumat tuzishni ishonib topshiradigan shaxsni aniqlash bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, davlat rahbari Hukumatni shakllantirish vakolatini Livanning sobiq Bosh vaziri Saad Haririga topshiradi. 

Hariri mamlakat parlamentidagi eng katta fraksiyaga (21 deputat) ega bo‘lgan va sunniy musulmonlarning manfaatlarini himoya qiluvchi "Kelajak uchun harakat"ning yetakchisidir. 

Saad Haririning o‘zi bir necha kun oldin yangi Hukumat tuzishni istamasligini e’lon qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni poytaxt Bayrutdagi port yaqinidagi kuchli portlash sodir bo‘ldi. Natijada 182 kishi halok bo‘ldi va kamida olti ming kishi jarohat oldi. 

Livan prezidenti Mishel Aunning aytishicha, portdagi omborda 2 750 tonna portlovchi ammiakli selitra saqlangan. 

Bosh vazir Hasan Diab 5 avgustni “Milliy motam kuni” deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Livan Bayrut

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing