Isroil Livan janubiga zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Isroilning Livan janubidagi Ansar shaharchasi chetidagi uyga bergan havo zarbasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hujum bugun, 15 avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 04:30 da Nabatiya hududida, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan uyga uyushtirilgan. Livan Bosh vaziri Navof Salom hujumni qoralab, Isroilni keskinlikni to‘xtatishga chaqirgan.

Isroil armiyasi esa zarba avvalroq o‘z askarlariga qarshi amalga oshirilgan harakatga javoban berilganini va nishonda “Hizbulloh infratuzilmasi” bo‘lganini bildirgan.

Xuddi shu kuni Livan janubidagi Deyr az-Zahroniy shahriga ham zarbalar berilgan. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan.

Livan davlat axborot agentligi janubdagi Ali at-Tohir tizmasi atrofiga ham qator zarbalar berilgani haqida xabar qilgan. Bint Jbeyl hududida bir nechta uy vayron bo‘lgan, Isroil kuchlari esa uylar tomon og‘ir pulemyotlardan o‘q uzgan.

Hujumlar iyun oyida jangovor harakatlarni kamaytirishga qaratilgan kelishuv e’lon qilinganidan keyingi eng qonli zarbalardan biri bo‘lgan. Kelishuv “Hizbulloh”ning qurolsizlanishi, Isroil kuchlarining Livan janubidan bosqichma-bosqich chiqishi va hududga Livan armiyasining joylashtirilishini nazarda tutadi.

Livan Prezidenti Jozef Aun Ansardagi hujumni va kelishuvning “takroriy buzilishi”ni qoralagan. Isroil armiyasi esa janubdagi xavfsizlik zonasida o‘z fuqarolari va askarlariga tahdidlarni bartaraf etishda davom etishini ma’lum qilgan.

Livan va Isroil muzokarachilarining navbatdagi uchrashuvi sentyabr oyida o‘tkazilishi kutilmoqda, biroq uning aniq sanasi hozircha belgilanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning oktyabr oyida G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohilida o‘t ochish to‘xtatilganidan beri 1200 dan ortiq falastinlik Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing