Bayram tufayli Toshkentdagi ayrim yo‘llar yopiladi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2675 1 daqiqa
Bugun, 1 sentyabr kuni shahrida joylashgan ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan va shu sababdan Mahtumquli-Ohangaron shoh ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston – 4P12 yo‘li kesishgan chorrahasigacha, Cho‘lpon ko‘chasi bo‘ylab, Yangi O‘zbekiston-Milliy bog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha, Yangi O‘zbekiston-Temirchi ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismida soat 17:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.
“Poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, yondosh va aylanma ko‘chalardan harakatlanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 avgustidan 30 avgustigacha Chilonzor tumanidagi Farhod ko‘chasi Shuhrat chorrahasidan yulning Chilonzor metro bekati chorrahasiga qadar bo‘lgan qismi yopilgandi.
Live
Barchasi