Baydenning qarori 1 hafta ham “yashamadi”. Tramp uni bekor qildi
Olam
−
21 yanvar
11934AQSH Prezidenti Donald Tramp inauguratsiyadan so‘ng darhol Kubani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga qaytardi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Bir hafta oldin sobiq prezident Jo Bayden Kubani ushbu ro‘yxatdan olib tashlagandi. Trampning Kubaga nisbatan harakatlari kutilgan edi. “Politico” nashrining yozishicha, yangi ma’muriyatning ushbu qarori Trampning birinchi prezidentlik muddatiga xos bo‘lgan dushmanlik pozitsiyasi qaytganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Vashington Trampning birinchi prezidentlik davrida yaratilgan “cheklangan tashkilotlar” ro‘yxatini tiklagani xabar qilingan. U yerga kiritilgan kubalik kompaniyalarning aksariyati mamlakat hukumati bilan aloqasi bor, AQSH qonunchiligiga ko‘ra ularning ma’lum moliyaviy operatsiyalar bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.
Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel AQSH rahbarining bu harakatini “takabburlik va haqiqatni mensimaslik” deb atadi va “xalqimizning qonuniy va ezgu maqsadi g‘alaba qozonadi va biz yana muvaffaqiyatga erishamiz”, dedi.
14 yanvar kuni Oq uyni tark etishidan oldin AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden Kubani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlagandi va o‘z bayonotida mamlakatda hukumat so‘nggi olti oy davomida terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotgani kuzatilmaganini ta’kidlagandi. Vatikan yordami bilan kelishuvga erishildi. Kuba tomoni bunga javoban 553 nafar siyosiy mahbusni ozod qilishga va’da berdi.
Ushbu ro‘yxatdagi davlatlar AQSHdan iqtisodiy yordam va qurol-yarog‘ yetkazib olish huquqiga ega emas. Ro‘yxatda Eron, Suriya va Shimoliy Koreya ham bor.
Amerika Qo‘shma Shtatlari 1961 yilda inqilob natijasida oroldagi Amerika mulki milliylashtirilgach, Kuba bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. 2015 yilda sobiq prezident Barak Obama 1982 yilda Kubani terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqarib tashladi va olti yildan keyin Donald Tramp uni yana ro‘yxatga qo‘shib qo‘ydi. Keyin Tramp Kuba Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp sobiq Jo Bayden ma’muriyati tomonidan G‘arbiy Sohildagi isroillik ko‘chmanchilarga qarshi joriy etilgan sanksiyalar buyrug‘ini bekor qildi.
LiveBarchasi