Bayden falastinliklarga hujum qilgan ko‘chmanchilarga sanksiya qo‘llashni buyurdi
Olam
−
19 noyabr 2023 12988 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘arbiy Sohilda falastinliklarga hujum qilgan isroillik ko‘chmanchilarga qarshi sanksiya qo‘llashni buyurdi. Bu haqda “Politico” gazetasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bayden AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Moliya vaziri Janet Yellenga G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga hujum qilayotgan va ularni majburan ko‘chirib o‘tkazayotgan isroillik ko‘chmanchilarga qarshi viza cheklovlari va sanksiyalar tayyorlashni topshirgan.
Unga ko‘ra, Vashington Isroilning HAMASga qarshi bombardimonlarini qay tarzda oqlayotgan bo‘lsa, Falastinning tinch aholisi muhofazasini ham xuddi shunday qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli choralar ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 7 oktyabrdan beri G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilarning Falastin aholisiga hujumlari soni ikki baravar ko‘paygani, bu kuniga uchdan oltitaga yetgani haqida xabar bergan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust