Bayden Zelenskiyning taklifini qabul qiladimi? Oq uy javob berdi

Olam

image

Avvalroq, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy telefon orqali suhbat chog‘ida AQSH Prezidenti Jo Baydenni “imkon qadar tezroq” Kiyevga kelishga taklif qilgani haqida xabar bergan edik.

Oq uy rasmiy vakili Karin Jan-Per jurnalistlarga Jo Baydenning Ukrainaga tashrifi ehtimoli haqida gapirishga hali erta ekanligini ma’lum qildi.  

“Menda rejalashtirilgan sayohatlar haqida hali e’lon qiladigan hech narsa yo‘q”, deydi Jan-Per.

U taklifni qabul qilishni tasdiqlash yoki rad etishdan bosh tortgan. Mahalliy OAV AQSH ma’muriyati manbalariga tayanib, Baydenning Ukrainaga borishi ehtimoldan yiroq ekanini e’lon qilgan.

Qayd etish kerakki, Ukraina atrofidagi vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda. AQSH va G‘arb davlatlari Rossiyani bosqinga tayyorlanishda ayblab kelyapti. AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytdi. 30 dan ortiq davlatlar fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ramoqda. AQSH Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.

O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya urush holatida emasligini va Ukraina bilan urush qilish niyatida emasligini aytmoqda. Vazir, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi “tashviqot kampaniyasi” boshlaganlikda ayblab, bunday harakatlar Kiyevni mamlakat sharqidagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga undashidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Bayden

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing