Bayden yolg‘on gapirgan – CNN 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ham, uning ma’muriyati rasmiylari ham "terrorchilar Isroilda bolalarning boshini kesib olayotgani" haqidagi fotosuratlarni yoki tasdiqlangan xabarlarni ko‘rmagan. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, CNN telekanali xabar berdi

Gap shundaki, oldinroq AQSH Prezidenti Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda amerikaliklar uchun Isroilda nima bo‘layotganini ko‘rish juda muhim ekanini aytgan. 

“Men bu ish bilan anchadan beri shug‘ullanaman, lekin terrorchilarning bolalarning boshini kesib olayotgani haqidagi tasdiqlangan tasvirlarni ko‘raman deb o‘ylamagandim”, degan Bayden.

Oq uy rasmiylari esa Bayden bunday tasvirlarni ko‘rmaganini aytmoqda. Ularning ta’kidlashicha, Prezidentning "terrorchilar Isroilda bolalarning boshini kesmoqda" degan so‘zlari OAV xabarlari va Isroil rasmiylarining bayonotlariga asoslanadi.

Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda OAVda HAMAS harakati a’zolari 7 oktyabr kuni G‘azo sektoridan Isroilga uyushtirgan hujum chog‘ida ko‘p sonli go‘daklarning boshini kesib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Ayrim nashrlar bu masala bo‘yicha Isroil armiyasi vakili bilan bog‘lanib, bu borada tasdiq yoki ma’lumot so‘ragan.

"Biz yangilikni ko‘rdik, ammo buni tasdiqlovchi hech qanday ma’lumot yoki tafsilotlarga ega emasmiz", deb javob bergan Isroil armiyasi vakili.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing