Bayden yana Putinni so‘kdi
Olam
−
16 mart
32740AQSH Prezidenti Jo Bayden kuni kecha bo‘lib o‘tgan Muqaddas Patrik kuniga bag‘ishlangan ommaviy chiqishida yana Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatdi.
“O‘ylaymanki, AQSH Kongressi a’zolarining katta qismi o‘z zimmasiga yuklangan vazifani bajarishga tayyor va men bu zalda hozir bo‘lgan barchani Vladimir Putinga qarshi turishga chaqiraman. U bezori", degan Bayden.
Moskva bu kabi haqoratlarga “kim sizni qanday nom bilan chaqirsa, o‘zi shunday bo‘ladi” degan gap bilan javob berishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden San-Fransiskodagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Vladimir Putinni “fohishaning o‘g‘li” deb haqorat qilgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Bayden Putinni haqoratlash orqali o‘z mamlakatini sharmanda qilganini aytdi. Putinning aytishicha, Jo Baydenning so‘zlari Rossiya Prezidenti avvalroq uni Moskva uchun AQSHning afzal ko‘rgan rahbari deb ataganiga “adekvat reaksiya”dir.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15