Bayden Vetnamga boradi
Olam
−
09 avgust 2023
3316AQSH Prezidenti Jo Bayden tez orada Vetnamga boradi. Bu haqda u Nyu-Meksikoda siyosiy mablag‘ yig‘ish chog‘ida ma’lum qildi.
Mamlakat Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u yaqin orada Vetnamga boradi, chunki bu davlat rasmiylari AQSH bilan munosabatlarini o‘zgartirib, Vashington bilan sherik bo‘lishni xohlaydi.
Uning urg‘ulashicha, hozir dunyo o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, shu bilan birga dinamikada oqilona o‘zgarishlar uchun imkoniyat mavjud.
Bayden 28 iyul kuni Vetnam hukmron Kommunistik partiyasi rahbari unga qo‘ng‘iroq qilib, 9-10 sentyabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan G20 sammitiga tashrif buyurganida uchrashishni taklif qilgan.
"U bizni Rossiya va Xitoy bilan birga asosiy sherik darajasiga ko‘tarmoqchi", deydi Bayden.
“Zerkalo nedeli”ga ko‘ra, AQSH mudofaa kompaniyalari Vetnamga harbiy ta’minotni ko‘paytirishni xohlashlarini ochiq aytadi, ammo hozirgacha asosan dengiz xavfsizlik kemalari va o‘quv samolyotlari bilan cheklangan. Chunki Vetnam o‘zining asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lib qolayotgan Rossiyadan yetkazib berishni diversifikatsiya qilishga intilmoqda.
“AQSH uchun Vetnam Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng muhim savdo sherigi hisoblanadi. Ammo Vetnam uchun AQSH bilan yaqinlashish va hamkorlik qilish hamda Pekinni xafa qilmaslik o‘rtasida qiyin muvozanatli harakat bor”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi