Bayden Ukrainadagi urushni global muammoga tenglashtirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi urushni nafaqat Yevropa uchun, balki butun dunyo uchu global muammo deb biladi. Bu haqda u Tokioda “QUAD” sammiti arafasida aytib o‘tdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, “QUAD” ittifoqi AQSH, Avstraliya, Hindiston va Yaponiyani o‘z ichiga oladi. Baydenning aytishicha, u va uning ma’muriyati erkin va ochiq Hind-Tinch okeani uchun kurashadi.

“Rossiyaning Ukrainaga hujumi xalqaro tartib, hududiy yaxlitlik va suverenitetning asosiy tamoyillari muhimligini ta’kidlaydi. Xalqaro huquq, inson huquqlari dunyoning qayerida buzilmasin, himoya qilinishi kerak”, deydi Amerika rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zining uch kunlik Osiyoga safari chog‘ida Janubiy Koreyada bo‘ldi. 21 may kuni Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik Jo Bayden 22 may kuni Yaponiyaga tashrif bilan bordi. Bu uning lavozimga kirishganidan keyin Yaponiyaga birinchi tashrifi hisoblanadi.

Mazkur tashrif doirasida AQSH Prezidenti “QUAD” ittifoqi mamlakatlari rahbarlari bilan ham uchrashdi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.

Kamronbey Kenjayev

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ROSSIYa-UKRAINA URUShI UKRAINAGA BOSQIN

Baholaganlar

10

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar