Bayden Ukraina uchun ajratilgan mablag‘dan Tayvanga qurol sotib olmoqchi – FT

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongressdan Tayvan uchun qurol sotib olishni Ukrainaga yordam sifatida ajratilgan qo‘shimcha byudjetdan moliyalashtirishni so‘ramoqchi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Aytilishicha, Oq uy “Xitoydan kelayotgan tahdid kuchayib borayotgan bir sharoitda” orolga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni xohlaydi. Boshqaruv va byudjet idorasi Tayvanni moliyalashtirishni Ukraina uchun qo‘shimcha byudjet so‘roviga kiritishi kutilmoqda, biroq Taybeyga harbiy yordam uchun ajratiladigan mablag‘larning aniq miqdori hozircha noma’lum.

Agar Kongress tashabbusni ma’qullasa, Tayvan birinchi marta AQSH soliq to‘lovchilari tomonidan moliyalashtiriladigan xorijiy harbiy yordam tizimi orqali qurol oladi. Xuddi shunday mexanizm Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda ham qo‘llaniladi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan hafta Bayden Pentagonning mudofaa mahsulotlari va xizmatlari, shuningdek, Tayvanga yordam berish uchun harbiy ta’lim va o‘qitish uchun 345 million dollargacha mablag‘ ajratishga buyruq bergan.

Qayd etish joizki, Vashingtonning Taybey bilan harbiy-texnik hamkorligi Pekinni xavotirga soladi. 1949 yildan beri Tayvan o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi, ammo XXRning rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, u Xitoy provinsiyalaridan biri hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan tomoni bilan diplomatik aloqalarni uzib, XXR bilan o‘rnatgan. Qo‘shma Shtatlar “yagona Xitoy” siyosatini tan olgan holda, Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol-yarog‘ yetkazib beryapti. AQSH Mudofaa vazirligi Taybeyni havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘qotar qurollar, raketalar, razvedka va kuzatuv uskunalari bilan ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Tayvanga harbiy bosimni kuchaytirgani xabar berilgandi. AQSH hukumati esa orolga tez orada taxminan 330 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made