Bayden Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitiga bormaydi

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris 15 iyun kuni Ukraina tomonidan uyushtirilgan tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadigan Shveysariyaning Lyutsern shahriga boradi. Bu haqda Oq uyda xabar berildi.

“Vitse-prezident ma’muriyatning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda BMT Nizomi tamoyillari asosida adolatli va mustahkam tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidlaydi”, deyiladi press-relizda.

Harrisga sammitda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan hamrohlik qiladi.

Shveysariyada 15-16 iyun kunlari Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lida mamlakatlarning sa’y-harakatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan sammit bo‘lib o‘tadi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar uchrashuvda, jumladan, yadroviy va oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, “hamma uchun” formulasi bo‘yicha harbiy asirlarni almashish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Sammitga 160 dan ortiq davlat taklif etilgan. Rossiya taklifnoma olmadi.

Zelenskiy AQSH Prezidenti Jo Baydenning sammitda qatnashmaslik qarorini tanqid qildi.

“Menimcha, bu unchalik kuchli yechim emas. Menimcha, Prezident Bayden tinchlik sammitiga muhtoj va AQSHning javobini ko‘rayotgan boshqa yetakchilar kerak. Uning yo‘qligi Putin tomonidan faqat o‘rnidan turib olqishlanadi”, deydi Ukraina Prezidenti.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden sammitni o‘tkazib yuboradi, chunki bu uning Kaliforniyadagi saylov kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish tadbiriga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy va Saudiya Arabistoni mazkur konferensiyada ishtirok etmasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kamola Xarris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing